Varikozoff

Sizlarni Varikozoff klinikasining flebolog shifokori Fayzullayev Fayzulla bilan tanishtirmoqchimiz. Shifokor o‘z kasbiy faoliyatini Qozon shahrida tahsil olishdan boshlagan. Ta’limni tamomlagach, Qozondagi davlat shifoxonasida qon tomir jarrohi bo‘lib ishlagan. U yerda mustahkam jarrohlik tajribasiga ega bo‘lib, bemorlarning holatini sinchkovlik bilan baholash va puxta klinik qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirgan. Keyinchalik Fayzulla Farhod Ravshanovich rahbarligida Varikozoff Academy’da tahsil oldi va qariyb bir yildan buyon Varikozoff jamoasida faoliyat yuritib kelmoqda. Shifokor uchun faqat muolajani o‘tkazish emas, balki kasallik sababini aniq aniqlash, bemorga mos davolash usulini tanlash va tiklanishning barcha bosqichlarida uni kuzatib borish muhim. Fayzullayev Fayzulla Varikozoff klinikasining Yunusobod filialida qabul olib boradi. 📍 Konsultatsiyaga yozilish uchun: 📞 +998 55 514 30 30

Engagement over time

Not enough history yet to show a trend.